14:37 / 15.11.2016
9 141

2017 yilda katta qiziqish bilan kutilayotgan uch avtomobil

2017 yilda katta qiziqish bilan kutilayotgan uch avtomobil

Avtomobil sohasi ekspertlari bozorni tahlil qilgach, kelgusi yili taqdim etilishini avtomobil muxlislari ko‘zi to‘rt bo‘lib kutayotgan uch modifikasiyani aniqlashdi.

Top-3 boshida Nissan Teana. Yangi modifikasiya uch xil dvigatelga ega bo‘ladi. Ular 2, 2,5 va 3 litrli agregatlardir. Mashina quvvati 150-175 ot kuchi orasida. Smartfonga bog‘lanadigan yangicha multimedia tizimi bo‘ladi. Rusum 2017 yilning birinchi yarmida chiqishi kutilyapti.

Audi RS1 ham kutilayotganlar orasida bor. Nemis mashinasiga 300 ot kuchiga ega bo‘lgan 2 litrli dvigatel o‘rnatiladi. Zamonaviy diod chiqroqli faralarga ega. “Audi” Jeneva avtosalonida ko‘rsatiladi. Evropada u 38 ming evrodan sotilishi kutilyapti.

Uchlikni fransuzlarning Renault Megane avtomobili yakunlaydi. Rusumga 1,2 litrli dvigatel o‘rnatiladi. Taqdimoti kelasi yili o‘tkaziladi. Renault Megane 12 ming dollar narxda xaridorga taklif etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » 2017 yilda katta qiziqish bilan kutilayotgan uch avtomobil