Xitoyning GAC kompaniyasi Enlight elektrli superkarining tizerini namoyish qildi. Prototip noyabr oyida Guanchjou avtosalonlaridan birida ommaga ko‘rsatiladi.
Daragi chiqqan superkar to‘la uzatmali bo‘lishi, avtopiloti hamda to‘laligicha elektrda harakatlanishi ma’lum. Seriyali ishlab chiqarilish ehtimoli aytilmadi.
GAC elektrli superkar ishlab chiqarayotgan birinchi Xitoy kompaniyasi emas. Masalan, aprel oyida BAIC firmasi Pekin avtosalonida ArcFox-7 elektromobilini namoyish etdi. ArcFox-7 603 ot kuchiga ega bo‘lib, litiy-ionli akkumulyatorlar o‘rnatilgan. Elektrli kupe yuz tezlikka uch soniyada erishishi, ayniqsa, diqqatga sazovordir.
Noyabr oyi oxirida Londonda Xitoyning NextEV kompaniyasi 1360 ot kuchiga ega bo‘lgan giperkarni namoyish qiladi. U ham uch soniyada 100 km/soat tezlikka chiqadi, maksimal tezligi soatiga 300 km. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi