Elektromobillarning shovqinsiz harakatlanishi afzallik sifatida talqin etiladi, ammo muayyan nozik holatlarda uning zarari ham bor. Mashinaning baland ovoziga o‘rgangan piyoda va velosipedchilar transport yaqinlashayotganini sezmaganligi ortidan baxtsiz hodisa kelib chiqishi hech gap emas. AQSh transport vazirligi qoshida joylashgan yo‘llardagi harakat xavfsizligi Milliy boshqarmasi (NHTSA) tashabbusi bilan endilikda elektromobilsozlarga yangi talab qo‘yiladigan bo‘ldi. Yangi federal standart bo‘yicha gibrid va elektrli transport ishlab chiqaruvchi konsernlar mashinaga shovqin hosil qiluvchi moslama o‘rnatishi shart, deb yozmoqda Carzone.uz sayti.
Qonun mualliflari uqtirishicha yangi talab ko‘zi ojiz va xira ko‘radigan hamda beparvo piyodalarga yordam beradi. Elektromobilga shovqin uskunasi qo‘shilishi yillik YTHlar sonini 2,4 mingga qisqartirishini ekspertlar ta’kidlamoqda.
To‘g‘ri, elektromobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalar yangi talab uchun tayyorgarlik ko‘rishi kerak bo‘ladi. Qonun 2019 yilning 1 sentyabridan kuchga kiradi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi