YouTube videoportalida “Formula-1” sinfidagi avtopoygalar jahon chempionatining rasmiy kanali ishga tushdi. Bu kanalning ishga tushirilishi haqida poygalarni tashkil etuvchi tashkilot – FOM (Formula One Management) bu haftada boshlangan avtopoyganing 65-yubiley mavsumi oldidan ma’lum qildi. Ayni paytda avtopoygaga tegishli sahifada o‘tgan yilgi poygalar lavhalari, qishki sinovlarda tasvirga olingan videoyozuvlar va boshqa qiziqarli roliklar joylashtirilgan.
Biroq YouTube da joriy mavsumdagi “qirollik poygalari”ning kvalifikasion sessiyalari va gran-prilari namoyish qilinmaydi. Bu haqda o‘tgan mavsum oxirida “Formula-1” bosh promouteri Berni Ekklstoun ogohlantirib o‘tgan edi. Chunki bu poygalarni namoyish qilish huquqi uchun katta haq to‘laydigan telekanallar bilan bitimlar mavjudligi sababli YouTube da poygalardan translyasiyalarni amalga oshirishning iloji yo‘q.
Ekklstounning fikricha, YouTube da, birinchi navbatda, televidenieda ko‘rsatilmaydigan, “sahna ortida” nimalar sodir bo‘lishi haqidagi videolavhalar joylashtirilishi kerak. Ekklstoun poygachilar va jamoalar vakillari bilan intervyular tasvirlangan videolarni bunday videoyozuvlarga misol sifatida keltirib o‘tdi.
Manba: www.kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi