20:19 / 04.12.2016
8 945

Dizayni yo‘q avtomobil yoki qutimobil

Dizayni yo‘q avtomobil yoki qutimobil

Avtomobil harakatlanish vositasi bo‘libgina qolmasdan, muayyan estetik talablarga javob berishi zarur. Avtomobil dizayni xaridorni jalb etuvchi xususiyatlardan biridir, ammo amerikalik dizayner Joui Ryuyter birdan bu mezonga rioya qilishni istamay qoldi.

Dizayner qutiga o‘xshash, mutlaqo o‘ziga xos avtomobil prototipini tayyorladi va unga Consumer nomini berdi. “Konsyumer” katta shaharlarda minishga mo‘ljallangan. Dizaynerning aytishicha, uni tirnalishidan cho‘chimasdan avtoturargohga joylash mumkin. Chunki qabarib chiqqan va nozik joylari yo‘q, deb maqtaydi mashina muallifi.

Kuzov to‘g‘ri burchakli. Salonida xiyobondagi yog‘och o‘rindiqlarni eslatadigan ikki divan va boshqaruv uskunalari bor. Old qismiga ko‘zgusimon panel qoplangan bo‘lib, ostidagi diod chiroqlar fara vazifasini bajaradi. Avtomobil g‘ildiraklari kuzov panellari ostiga yashiringan bo‘lib, go‘yoki tekislikda sirg‘alib ketayotgandek tasavvurni yuzaga keltiradi.

Kuzovning old yuqori qismi notekis metall paneldan iboratdir. Uni kapot kabi ochib dvigatel va old g‘ildiraklarni ko‘rasiz. Orqa qismiga pishiq mato qoplangan. Yagona dekorativ elementlari benzobak qopqog‘i va biqinidagi oyoq qo‘yadigan zinachalaridir, desak xato qilmaymiz. Unga oyoq qo‘yib mashina ichiga tushiladi. Ha, aynan tushiladi, kirish imkoni yo‘q, chunki eshigi mavjud emas.


“Iste’molchi”ning (Consumer) g‘ildiraklar bazasi 2,28 m, uzunligi 3,42 m, balandligi bor yo‘g‘i 83 sm. Ko‘plab odatdagi elementlari, hattoki, tomi yo‘qligi sababli vazni 566 kg xolos. Qolgan texnik tavsifi keltirilmadi. Aslida buning hojati ham yo‘q. Chunki uning yalpi ishlab chiqarilishi ehtimoli juda uzoq.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Dizayni yo‘q avtomobil yoki qutimobil