Rossiya avtomobil sanoatidagi yangi Lada Vesta va Lada Xray modellari Markaziy Osiyo mamlakatlariga eksport qilinishi mumkin. Mashinalar O‘zbekiston, Tojikiston va mintaqaning bir qator boshqa davlatlariga Qozog‘istondagi «Aziya-Avto» korxonasi orqali etkazib berilishi ko‘zda tutilgan, deyiladi Kun.uz sayti xabarida.
«Kolesa.ru» portalining xabar berishicha, avtomobillar Ust-Kamenogorskda joylashgan «Aziya-Avto» zavodida yig‘ilmoqda.
Qozog‘iston korxonasi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, Lada avtomobillarini 2017 yilda 10 ming nusxada chiqarish rejalashtirilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Tojikistonga «AvtoVAZ»dan tashqari Ravon brendi ham etkazib berilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Rustam Azimov boshchiligidagi katta hukumat delegasiyasi Tojikiston poytaxti Dushanbe shahriga 26 dekabr kuni tashrif buyuradi. Ushbu tashrif chog‘ida bu masala yuzasidan ham aniqlik kiritilishi ehtimolga yaqin. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi