Shvesiyaning Syodertele shahri transportiga simsiz (induksion) zaryadlanuvchi gibrid avtobus qo‘shildi. U bekatlarda quvvat oladi.
Bu texnologiya keskin iqlim sharoitida birinchi marta sinovdan o‘tmoqda. Quvvatlanish tartibi oddiy: avtobus asfaltdagi zaryadlovchi element ustida to‘xtaydi va avtomatik tarzda akkumulyatorini to‘ydiradi.
Induksion tizim shahar muhitini o‘zgartirmaydi va umuman sezilmaydi. 10 kmni bosish uchun 7 daqiqa zaryad olish etarlidir.
“Bu Scanianing shahar transporti barqaror tizimini topish yo‘lidagi bir qancha loyihalaridan biridir. Biz shaharlardagi talabni o‘rganish hamda mahalliy ishlab chiqariluvchi muqobil yonilg‘i turida, shuningdek, elektrlashtirish texnologiyasida ishlaydigan, ekologik, tezkor, xavfsiz va tejamkor tizim yaratish ustida ishlayapmiz”, dedi Scanianing shahar ekologik xavfsizligi bo‘yicha qarorlar chiqarish bo‘limi boshlig‘i Anders Grundstryomer.
Kompaniyadagilar shahar jamoat transportini elektrlashtirish turli texnologiya va echimlar talab qilishini qayd etadi. Xususan, gibrid va elektrobuslar avtoturargohda, bekatda yoki yo‘l-yo‘lakay zaryadlanadi.
Syodertele shahrida “Skaniya” sinayotgan avtobusning akkumulyatorlari ish vaqtida, tormozlanish vaqtida, ichki yonuv dvigateli hisobiga ham zaryadlana oladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi