20:19 / 29.12.2016
5 827

Xitoyda qiymati 6,6 mlrd dollarlik transport yo‘lagi qurilishi boshlandi

Xitoyda qiymati 6,6 mlrd dollarlik transport yo‘lagi qurilishi boshlandi

Xitoy janubidagi Guandun provinsiyasida uzunligi 24 kmga cho‘zilgan transport yo‘lagi barpo etish ishlari boshlandi. Unga kiritilgan sarmoya 46 mlrd yuanligi baholanmoqda (bu taxminan 6,6 mlrd dollarga teng), deb yozadi Carzone sayti.

Loyihaga asosan transport yo‘lagi tonnel-ko‘priklar va sun’iy orolchalardan tashkil topadi. U Shenchjen shahrining yaqinidagi Chjuszyan daryosi etagi qirg‘oqlarini birlashtiradi.

Ko‘rfazning ikki tarafi orasidagi masofa ilgari 2 soatda bosib o‘tilsa, qurilish ishlari yakun topgach, 20 daqiqaga tushadi. Yo‘l ikki yo‘nalishda sakkiz polosadan iborat. Tonnel-ko‘prik o‘tish yo‘lida soatiga 100 km tezlikda yuriladi.

XXR uch yil davomida transport infrastrukturasi qurilishi loyihalari uchun 725 mlrd dollar sarmoyalashini may oyining oxirida Xitoy Xalqaro radiosi (CRI) e’lon qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Xitoyda qiymati 6,6 mlrd dollarlik transport yo‘lagi qurilishi boshlandi