12:31 / 03.01.2017
10 588

Toshkentda dahshatli YTH. Yuragi betoblar ko‘rmasin

Toshkentda dahshatli YTH. Yuragi betoblar ko‘rmasin

Bugun, 3 yanvar kuni yarim tunda, soat 01:00 atrofida Toshkentda dahshatli YTH qayd etildi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlardagi “Voditeli Tashkenta” guruhi a’zolari bergan xabarga asoslanib Qalampir.uz sayti ma’lum qilmoqda.

Yog‘ingarchilik vaqtida erdagi chang suv bilan aralashadi. Natijada esa er muzlagandanda xavfliroq holatga keladi. Bunday vaqtda esa tezlikni oshirish, zudlik bilan to‘xtash tavsiya etilmaydi. Tunda sodir bo‘lgan YTHga aynan shular sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Toshkent shahrining Sebzor ko‘chasidan kelayotgan avtomobil tonnelga tushib ketayotgan chog‘ida YTHga uchradi. Eng qizig‘i Gentra rusumidagi mazkur avtomobil bilan sodir bo‘lgan YTHning boshqa ishtirokchisi yo‘q. Avtomobil yo‘l chetidagi simyog‘ochga borib urilgan va tanib bo‘lmaydigan holatga kelib qolgan.

Avtomobilning hozirgi holatidan ko‘rinib turibdiki, haydovchi yuqori tezlikda harakatlanib kelayotgan bo‘lgan. Shu o‘rinda savol tug‘iladi: haydovchi omonmi? Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan xabarlarga qaraganda, haydovchining qo‘li va burni singan. U zudlik bilan shifoxonaga olib ketilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Toshkentda dahshatli YTH. Yuragi betoblar ko‘rmasin