14:45 / 03.01.2017
6 718

Chevrolet Disney bilan hamkorlikda Lova RV universalining maxsus versiyasini yaratdi

Chevrolet Disney bilan hamkorlikda Lova RV universalining maxsus versiyasini yaratdi

Xitoyda Chevrolet Lova RV universalining yangi modifikasiyasi sotila boshladi, deb yozadi «Daryo». Modelning alohida versiyasini multfilm qahramoni Mikki Maus sharafiga Mickey deb atashdi.

Chevrolet Lova RV’ning yangicha varianti Disney kompaniyasining Xitoydagi bo‘linmasi bilan hamkorlikda ishlab chiqildi. Mickey modifikasiyasining tashqi ko‘rinishi standart universaldan kapoti va orqa oynasiga yopishtirilgan Mikki Maus quloqlari yorlig‘i, sariq rangdagi tashqi oynalari kabilar bilan farq qiladi. Yangi avtomobilga, shuningdek, qora-qizil interer o‘rnatildi.

Maxsus versiyani to‘rt tezlikli avtomatik uzatish qutisi bilan sotib olish mumkin. Yangi modifikasiyaning narxi 99 900 yuan (14 300 dollar)dan boshlanadi. Oddiy universalning narxi esa 74 900 yuan (10700 dollar)dan boshlanadi. Chevrolet Lova RV Xitoydan tashqarida sotilmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Chevrolet Disney bilan hamkorlikda Lova RV universalining maxsus versiyasini yaratdi