Fiat Chrysler Automobiles (FCA) kompaniyasi Google bilan hamkorlikda o‘zining Uconnect nomli axborot tizimini takomillashtirib, Android 7.0 bazasida uning yangi versiyasini yaratish maqsadida, deb xabar bermoqda Terabayt sayti.
Nashrning qayd etishicha, Android platformasida yaratilgan avtomobillarga mo‘ljallangan yangi tizim shu haftada Las-Vegas (AQSh, Nevada) shahrida o‘tkaziladigan CES 2017 ko‘rgazmasi doirasida omma e’tiboriga havola etiladi.
Uconnect va Android birlashuvi avtomobil uchun smartfonlardagi ilovalar bilan butunlay mos keladigan yangi tizimni yaratishga imkoniyat yaratadi. Misol uchun bularga Google Maps xarita xizmati va Google Assistant yordamchisini kiritish mumkin.
Android 7.0 bazasida yaratilgan ilk avto-tizim Chrysler 300 avtomobiliga o‘rnatilgan 8,4 dyuymli ekranda namoyish etiladi. Bunday hamkorlik ikkala tomon uchun manfaatli: agar bu orqali Fiat mijozlarga eng ilg‘or axborot tizimi bilan quvvatlangan ulovlarni taklif etsa, Google avtomobilsozlik sohasiga yanada chuqurroq kirib boradi, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi