7 737
«GM Uzbekistan» dilerlariga sotuv paytida qo‘shimcha tovarlarni majburlab sotish taqiqlandi
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi avtomobil sotuvchi dilerlar uchun mashina sotish davomida qo‘shimcha tovarlarni majburlab sotishni taqiqlab qo‘ydi. Bu haqda «Uz24»ga asoslanib «Kun.uz» xabar bermoqda.
Qo‘mita bergan ma’lumotga ko‘ra, mashina sotib olmoqchi bo‘lgan iste’molchi buning uchun, yong‘inni o‘chiruvchi moslama, dori solinadigan quticha, «AvtoOlam» jurnali va shu kabi boshqa turdagi qo‘shimcha tovarlarni olish kerak bo‘lgan. Agar iste’molchi ularni olishdan bosh tortadigan bo‘lsa, dilerlar mashinani sotib olish bo‘yicha mijozlarga rad javobini berishgan.
Tashkilotning aniqlik kiritilishicha, ushbu masala yuzasidan e’tirozlar «GM Uzbekistan»ning qonuniy dilerlik vakillari ustidan kelib tushgan. Shikoyat xatida mazkur masala yuzasidan choralar ko‘rilishi so‘rab murojaat qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!