Yaponiyaning dunyoga mashhur avtomobil ishlab chiqarish kompaniyasi hisoblanuvchi Toyota O‘zbekistonda o‘z savdo markazini ochishga qaror qildi. Bu haqda Toyota Uzbekistan guruhi Facebook sahifasida e’lon qildi deb yozadi Kun.uz nashri.
Unda yozilishicha, bu Toyota kompaniyasiga tegishli quyidagi faktlar e’tiborga olinmasa, unchalik ham shov-shuvli xabar bo‘lmas edi. Toyota bu:
— Dunyoning eng yirik avtomobilsozlik kompaniyasi;
— 2012 yildan buyon dunyoning eng yirik avtomobilsozlik kompaniyasi nomini saqlab turibdi;
— Har yili butun dunyo bo‘ylab 8 milliondan ortiq mashina sotadi;
— O‘zi tomonidan 70 dan ortiq avtomobil modellarini ishlab chiqaradi.
Avtomobil ishlab chiqaruvchilar orasidagi yetakchi kompaniya ham O‘zbekiston yo‘llarini zabt etishga kirishmoqda.
Toshkent shahri, Yashnaobod tumanida joylashuvchi rasmiy diler vakilining so‘zlariga ko‘ra, hozircha, uning qaysi sanadan ish boshlashi ma’lum emas. Ammo, qisqa kunlarda bu masalaga ham oydinlik kiritiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?