14:02 / 20.09.2017
10 168

Xorij avtomobillari davlat bojidan ozod etiladimi?

Xorij avtomobillari davlat bojidan ozod etiladimi?
Joriy yilning 1 oktyabridan import qilinadigan bir necha nomdagi tovar va mahsulotlar uchun bojlar olib tashlanishi yoki pasaytirilishi taklif qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Prezident qarori loyihasi muhokama uchun O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga joylashtirildi, deb yozadi Qalampir nashri.

Yangi qaror loyihasida 97 turdagi mahsulot guruhiga yangi import bojlari stavkasi hamda 36 turdagi mahsulot guruhiga nol stavkadagi aksiz solig‘i joriy qilish taklif qilingan.

Davlat boji stavkalarini qayta ko‘rib chiqish aholining iste’mol ehtiyojini qondirish, ichki bozorda narxlarning asossiz o‘sishini oldini olish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun ehtiyot qismlar va xom-ashyoni import qilishda qulay muhit yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Qaror loyihasida neft va neft mahsulotlari, qoramol, mol go‘shti, baliq mahsulotlari, sut, kartoshka, boshoqli mahsulotlarga davlat bojidan ozod etilishi taklif qilingan.

Import qilinadigan avtomobillarga davlat boji stavkasi o‘zgarishsiz qoldirilgan.

Avvalroq, 12 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada tartibga solish choralari to‘g‘risida”gi qarori asosida 15 sentyabrdan shakar mahsulotlari davlat bojidan ozod etilgani haqida xabar bergan edik.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Xorij avtomobillari davlat bojidan ozod etiladimi?