Range Rover Sport yo‘ltanlamasining gibrid versiyasi Xitoydagi Tianmen tog‘idagi qiyaligi 45 gradusni tashkil etuvchi, 999 ta pillapoyadan iborat «Osmon darvozasi» arkasiga chiqib bordi, deb yozadi Kun nashri. Yuqoriga intilish haqidagi rolik Land Rover’ning YouTube’dagi rasmiy kanalida e’lon qilindi.
Yuqoriga chiqishda yo‘ltanlamas avtomobil rulini 2017 yilgi LMP2 tasnifidagi «Le-manda 24 soat» poygasi g‘olibi, xitoylik poygachi Xo Ping Tung boshqarib borgan. Pillapoyalargacha u 99 ta muyulishdan iborat to‘g‘rining burama yo‘llarini ham katta tezlikda bosib o‘tgan.
Range Rover Sport’ning gibrid versiyasi 2017 yilgi yangilanishlardan so‘ng paydo bo‘ldi. Bunday modifikatsiya 300 ot kuchi quvvatli «turboto‘rtlik», 116 ot kuchiga ega elektr dvigatel, sakkiz diapazonli avtomatik uzutmalar qutisi, shuningdek, 13,1 kilovatt-soat sig‘imga ega litiy-ionli akkumulyatorlar bilan jihozlanadi. Avtomobilning jamlangan quvvati 404 ot kuchiga teng. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?