Belarus respublikasi 2018 yilning mayidan ikki turdagi elektromobilni ishlab chiqara boshlaydi. Minsk oblastidagi “Yunison” zavodi Xitoyning Zotye kompaniyasi hamkorligida elektromobil yig‘ish bilan shug‘ullanadi.
Shahar mashinasi bo‘lmish Zotye E200EV 83 ot kuchiga ega asinxron elektromotor bilan jihozlanadi. Uning akkumulyatorlar bloki 24,5 kVt•soat quvvatga ega. Bu elektromobil to‘xtamasdan 220 km yo‘l yura oladi, degani.
Ikkinchi elektromobil Z500EV sedani bo‘lib, unga 129 ot kuchiga ega motor o‘rnatiladi. Yo‘l zaxirasi 250 km. Xitoy konserni uni premium avto deb hisoblashiga sabab saloni charm bilan qoplangani hamda kattakon multimedia ekrani borligidir.
Hozircha, narxlar borasida aniq ma’lumot yo‘q, ammo sitikar 17 ming, sedan esa 22 ming dollarga sotilishi taxmin qilinmoqda. Belarus elektromobillari MDH bozoriga ham kirib keladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi