Bugun, 19 fevral kuni Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining matbuot xizmati xususiy kompaniyalar bilan hamkorlikda avtomobillarni ijraga beruvchi Rent-Car xizmatini tashkil etish ishlari boshlanganini ma’lum qildi.
Bu xizmat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining turizmni rivojlantirishga doir qarorning ijrosi sifatida amalga oshirilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, biznesmenlar loyihaga katta qiziqish bildirishdi va bu yo‘nalishda bir nechta namunalar tayyorlangan.
Mazkur xizmat turi Buxoro bilan bir qatorda Toshkent, Samarqand, Xorazm va boshqa turistik markazlarda tajriba sifatida yo‘lga qo‘yilmoqda.
Avtomobil ijarasi muayyan muddatga (bir necha soatdan bir necha oygacha) haydovchisiz avtomobilni berishni ko‘zda tutadi.
Ijarani rasmiylashtirish uchun pasportdan tashqari xalqaro namunadagi haydovchilik guvohnomasi ham kerak bo‘ladi.
Mazkur xizmat turidan ham O‘zbekiston fuqarolari, ham chet elliklar foydalanishi mumkin.
Joriy yilning 3 fevralida qabul qilingan ichki turizmni tezkor rivojlantirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qaror shundan dalolat beradi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi