15:22 / 28.02.2018
14 172

Avtotransport vositalarining yon oynasini jalyuzi parda bilan jihozlasa bo‘ladimi?

Avtotransport vositalarining yon oynasini jalyuzi parda bilan jihozlasa bo‘ladimi?
"Avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari bo‘yicha xavfsizligi to‘g‘risida»gi umumiy texnik reglamentga muvofiq, barcha transport vositalarida old, yon va orqa tomondagi oynasining yorug‘lik o‘tkazishi kamida 70 foizni tashkil etishi kerak.

Haydovchining o‘rindig‘idan tashqari o‘rindiqlar soni 8 tadan oshmaydigan avtotransport vositalarining orqa oynasida har ikki tomonda orqa tomonni ko‘radigan tashqi ko‘zgu mavjud bo‘lgan taqdirda pardalar, shuningdek chiy pardalar va darpardalar bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.

Mazkur reglamentga asosan yon oynasiga parda quyishga faqatgina yo‘lovchilar tashishga mo‘ljallangan, haydovchining o‘rindig‘idan tashqari o‘rindiqlar soni 8 tadan ortiq va eng katta vazni 5 t dan ko‘p bo‘lgan avtotransport vositalariga ruxsat beriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Avtotransport vositalarining yon oynasini jalyuzi parda bilan jihozlasa bo‘ladimi?