10:38 / 07.03.2018
9 284

Dunyodagi “eng tezkor” avtomobil yaratildi

Дунёдаги "энг тезкор" автомобиль яратилди
“Concept_Two” superkari.
Foto: “NV.ua”

Xorvatiyaning “Rimac Automobili” kompaniyasi Jenevada bo‘lib o‘tayotgan avtoshouda o‘zining quvvati 1914 ot kuchiga teng superkarini namoyish etdi. “Concept_Two” nomini olgan model 100 km/soat tezlikka 1,85 soniyada erishadi, deb ma’lum qiladi “Xabar.uz”.

“Concept_Two”ning maksimal tezligi soatiga 415 kilometrni tashkil etadi. Shuningdek, unga 300 km/soat tezlikda harakatlanishi uchun 11,8 soniya kifoya qiladi. “Rimac” tomonidan taqdim etilgan texnik tavsiflar to‘g‘ri bo‘lsa, ushbu model dunyodagi eng tezkor hisoblanadi.

“Mazkur avtomobil «nol”dan boshlab yaratilgan, o‘zidan oldingi avtomobillardan hech nima olinmagan», — deydi kompaniya bosh direktori Mate Rimak.

Giperkarning har bir o‘qiga alohida elektromotor o‘rnatilgan. Bundan tashqari sig‘imi 120 kilovatt/soatga litiy-ionli akkumulyatori bir marta quvvatlanish orqali 650 kilometr masofani bosib o‘tishini ta’minlaydi. Akkumlyatorning 80 foizini atiga 30 daqiqa ichida to‘ldirish mumkin.

Mate Rimakning ma’lum qilishicha, avtomobilga to‘rtinchi darajali “avtopilot” boshqaruvi o‘rnatilgan: mashina ko‘p holatlarda mutlaq avtonom harakatlanishi mumkin.

Ayni vaqt avtomobil xaridorlarga taqdim etilishga tayyor emas. Superkarning narxi ham hozircha ma’lum qilinmadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Dunyodagi “eng tezkor” avtomobil yaratildi