19:53 / 11.04.2018
7 642

O‘zbekiston Rossiya bozoriga yana 2 ta yangi rusumdagi avtomobilni chiqaradi

O‘zbekiston Rossiya bozoriga yana 2 ta yangi rusumdagi avtomobilni chiqaradi
O‘zbekistonning “GM Uzbekistan” zavodi “Chevrolet Tacker” va yangilangan “Chevrolet Cobalt” rusumlarini ishlab chiqarishni boshlaydi. Mazkur avtoulovlar Rossiya bozoriga “Ravon” markasi ostida yetkazib beriladi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” axborot manbasi xabar berdi.

Yangi avtomashinalar sotuvini 2019 yildan boshlab yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Lekin ularning taqdimoti joriy yilda o‘tkaziladi.

Yangi “Ravon R4” tejamkor transport vositasi hisoblanib, tashqi ko‘rinishi “Cobalt”ning birinchi turkuminiki bilan deyarli bir xil. Biroq ancha zamonaviylashtirilgan. Oldingi optika va ort chiroqlarning takomillashtirilgani, radiator panjarasi va kuzov qismlari, salon intererlaridagi o‘zgarishlar shular jumlasidandir.

Mazkur rusumning Rossiya bozoriga chiqarilishi bilan “Ravon Gentra” savdosi to‘xtatiladi.

“Ravon Tracker” esa shahar sharoitiga moslashtirilgan krossover bo‘lib, o‘zining “Chevrolet Corvette”, “Malibu” va “Volt”nikiga o‘xshash yorqin dizayni bilan ajralib turadi. Undagi takomillashtirilgan bamper, radiator panjarasi, yangilangan ort chiroqlar, galogen va svetodiod yoritqichlar e’tiborni o‘ziga tortadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar oyida Rossiyada 1470 dona o‘zbek avtosi xarid qilingan va bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan uch barobar ko‘pdir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » O‘zbekiston Rossiya bozoriga yana 2 ta yangi rusumdagi avtomobilni chiqaradi