13:30 / 19.04.2018
6 498

Putinga tegishli bo‘lgan zirhli limuzin sotuvga qo‘yildi

Putinga tegishli bo‘lgan zirhli limuzin sotuvga qo‘yildi
Rossiyadagi avtosaytlardan birida oldin Maxsus maqsadli garajga (MMG) tegishli bo‘lgan Mercedes-Benz S600 Pullman Guard (W220) zirhli limuzini sotilishi haqidagi e’lon joylashtirildi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

Avtomobil maxsus buyurtma asosida tayyorlangan va Rossiya prezidenti Vladimir Putinni tashish uchun foydalanilgan. Unga 8,5 million rubl narx belgilandi.

Limuzin «MMG 90 yoshda» ko‘rgazmasida prezident stendida namoyish etilgan, biroq hozir xususiy kolleksiyada bo‘lib turibdi.

Mashina 367 ot kuchiga ega 5,8 litrli dvigatel bilan jihozlangan, uzatish qutisi 5 diapazonli avtomatdan iborat. 100 kilometr tezlikka 6,3 soniyada chiqishi mumkin, maksimal tezligi soatiga 250 kilometrga teng.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Putinga tegishli bo‘lgan zirhli limuzin sotuvga qo‘yildi