“UAZ” MCHJ O‘zbekistonda o‘z avtomobillarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalasini o‘rganib chiqmoqda. Ayni damda muzokaralar boshlang‘ich bosqichda. Bu haqda “Xalq so‘zi” “UAZ”ning MDH bo‘yicha savdo bo‘limi boshlig‘i Aleksey Zabolotnovga asosan xabar bermoqda.
“Rejalarimizdan biri – avtomobillarimizni O‘zbekistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish. O‘zbekistonda avtomobil biznesi borasida juda yaxshi imkoniyatlar bor”, — deb aytib o‘tgan Aleksey Zabolotnov Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan “Expo Rossiya Uzbekistan — 2018” I xalqaro sanoat ko‘rgazmasida.
Zabolotnov ma’lum qilishicha, ayni damda “UAZ” vakillari “O‘zavtosanoat” bilan yaqin hamkorlikda, ushbu loyihaning iqtisodiy asoslari o‘rganib chiqishmoqda. Tomonlarga kelishuvga erishsa O‘zbekistonda “UAZ”ning “Patriot”, “Pickup” va “Profi” modellarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi mumkin.
“Ehtiyot qismlar bilan ta’minlash, texnik xizmat ko‘rsatish borasida biz, an’anaviy ravishda, g‘arbiy brendlarga qaraganda mijozga yaqinroqmiz”, — deydi u.
Sotuv rejalari borasida, 2018 yilda “UAZ” O‘zbekistonda sotilgan avtomobillar sonini 1000taga yetkazmoqchi. 2017 yilda ushbu ko‘rsatkich 400tani tashkil qilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi