10:06 / 08.07.2018
5 636

Elektr yo‘ltanlamas Audi e-tron virtual oynaga ega bo‘ldi

Elektr yo‘ltanlamas Audi e-tron virtual oynaga ega bo‘ldi
Audi kompaniyasi o‘zining e-tron, deb nomlanuvchi elektr yo‘ltanlamasining muhim jihatlari bilan o‘rtoqlashdi. Ayniqsa, mashinadagi orqa tomonni ko‘rish uchun mo‘ljallangan vertual oyna barchada katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Yangi ishlanma mashina eshigining ichki tomoniga o‘rnatilgan tashqi kamera bilan sensorli ekranning uyg‘unlashuvini o‘zida mujassam etgan. Tasvir 7 dyumli OLED-displeyda saralanadi va aks etadi. Tasvirni qo‘lda to‘g‘rilash imkoni ham bor: kameraning kattaligi va ko‘rish maydoni o‘zgaradi. Bundan tashqari, turli yo‘l sharoitida uch rejimda video namoyishi amalga oshiriladi. Birinchi rejim qulay to‘xtash joyi uchun, ikkinchisi to‘xtashni xavfsiz amalga oshirish uchun, uchinchisi esa trassada harakatlanayotganda yordam beradi

Orqani ko‘ruvchi vertual oynadan tashqari, Audi e-tron oldingi panelda displey bilan jihozlangan va Bang & Olufsen Premium’dan ovoz chiqargich, unga 705 Vt va 16 dinamik ovoz kuchaytirgich ham qo‘shimcha qilingan. Bo‘lajak yo‘l tanlamasning saloniga haydovchi bilan qo‘shib hisoblaganda, besh kishi bemalol sig‘adi. Yangi mashinaning chiqish sanasi aniq aytilmasa-da, lekin u seriali model bo‘lishi aniq.


Manba: Terabayt.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Elektr yo‘ltanlamas Audi e-tron virtual oynaga ega bo‘ldi