19:30 / 01.08.2018
5 479

“O‘zavtosanoat” rahbari o‘zbek avtomobil sanoatidagi 4 ta muammoni aytib berdi

“O‘zavtosanoat” rahbari o‘zbek avtomobil sanoatidagi 4 ta muammoni aytib berdi
“O‘zavtosanoat” Boshqaruv raisi Shavkat Umurzoqov O‘zbekiston avtomobil sanoatining muammolarini sanab berdi.

Umurzoqovning aytishicha, sanoatda mablag‘ yetishmasligi sezilmoqda va bu ishlab chiqarish hajmiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuningdek, dunyodagi iqtisodiy inqiroz soha faoliyatiga ta’sirini o‘tkazmoqda.

Uning fikriga qaraganda 2017 yilning sentyabrigacha amal qilgan valyutaning ikki xil kursi ham sohaga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.

Umurzoqov butlovchi qismlarning atigi 50 foizi mamlakatning o‘zida ishlab chiqarilishiga to‘xtalgan. Tabiiyki, qolgan qismi chetdan valyutaga sotib olinadi.

O‘zAning yozishicha, “Butlovchi qismlarning narxini 20 foizga tushiramiz. Tez emas, asta-sekin. Bu hali bo‘lmagan voqea. Yil oxirigacha butlovchi qismlarning narxi 20 foizga tushirilsa, avtomobil narxini 9 foizga tushirishga erishamiz. Ishonch bilan aytamanki, keyingi yil avtomashinalar narxi, albatta, tushadi” deya va’da bergan Shavkat Umurzoqov.

Sohaning yana bir muammosi korrupsiya sanaladi. Bundan tashqari O‘zbekistonda avtoinjiniring rivojlanmagan, ya’ni mamlakatda intellektual mulk yetishmaydi.

Shavkat Umurzoqov noto‘g‘ri boshqaruvni ham tilga oldi. Uning aytishicha, avval avtomobillar eksportga tannarxidan past bahoda sotilgan.

Kompaniya rahbari avtosanoatdagi ahvolni o‘nglash bo‘yicha choralar ko‘rilishini aytib o‘tdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » “O‘zavtosanoat” rahbari o‘zbek avtomobil sanoatidagi 4 ta muammoni aytib berdi