23:30 / 16.08.2018
5 739

Jizzaxda “yo‘q” mashinalarning noqonuniy savdosi aniqlandi

Jizzaxda “yo‘q” mashinalarning noqonuniy savdosi aniqlandi
Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, soxta hujjatlar asosida ichki bozorda sotib yuborilgan bir qator transport vositalari fosh qilindi.

Jizzaxda aslida xorijga eksport qilinmay, soxta hujjatlar asosida ichki bozorga sotilgan avtmoashinalar siri ochildi. Ya’ni “GM Uzbekistan” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan va muqaddam qo‘shni davlatga eksport qilingan 20 dona turli rusumdagi transport vositalari ichki xududda noqonuniy ravishda sotib yuborilgan va ichki ishlar organlarida soxta ma’lumotlar asosida ro‘yxatga qo‘yilgan ekan.

Bu holat Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasidan olingan, transport vositalarini ro‘yxatga olish uchun asos bo‘lgan xisob-ma’lumotnomalarni o‘rganish davomida aniqlandi. Bu haqda Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Jizzax shahri va viloyatning Zomin, Sh.Rashidov, Forish, Paxtakor, Do‘stlik, G‘allaorol kabi tumanlarida istiqomat qiluvchi bir nechta fuqarolar nomiga rasmiylashtirib yuborilgan ushbu avtomashinalarga tegishli ma’lumotnomalar Namangan va Asaka shahridagi avtosalonlardan olingan.

Ammo, avtosalon egalari taqdim qilgan ma’lumotnomalar boshqa manazarani namoyon qildi. Ya’ni, hisob-ma’lumotnomalar aslida butunlay boshqa shaxslar nomiga va boshqa turdagi transport vositalari uchun rasmiylashtirilganligi, soxta hisob-ma’lumotnomalarda ko‘rsatilgan muhr va ism-shariflar esa soxta ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv davomida yuqoridagi avtotransport vositalarining 3 tasi allaqachon jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudining hukmiga asosan davlat egaligiga o‘tkazilib, kimoshdi savdosi orqali sotib yuborishga ham ulgurilgan ekan. 2 ta avtotransport vositasi esa ayni paytda Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining joylardagi bo‘limlari tomonidan ro‘yxatga olingan.

Shunday qilib, soxtalashtiruvchining o‘zi yoki boshqa shaxs foydalanishi maqsadida muayyan huquq beradigan rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirishda ifodalangan mazkur xatti-harakatlarda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 228-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyat alomati mavjudligi sababli, mazkur modda bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tegishlilik masalasi hal etish uchun viloyat prokuraturasiga yuborildi.

Tergov jarayoni davom etmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Jizzaxda “yo‘q” mashinalarning noqonuniy savdosi aniqlandi