10:53 / 28.08.2018
5 870

Avtomashinalarni “tonirovka” qilib beradigan korxona nomi eʼlon qilindi

Avtomashinalarni “tonirovka” qilib beradigan korxona nomi eʼlon qilindi
Yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish, uni roʻyxatga olish va ruxsatnomaning amal qilinishini bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Kun.uz.

Nizomga muvofiq, ruxsatnoma Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining hududiy boʻlinmalari tomonidan beriladi.

Yengil avtotransport oynalarining tusini oʻzgartirish (qoraytirish) ishlari esa “Innovatsion loyihalar va aholiga servis xizmat koʻrsatish markazi” DUK tomonidan amalga oshiriladi.

Ruxsatnoma olish uchun zarur boʻladigan maʼlumotlar va hujjatlar namunasi Ichki ishlar vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.

Shuningdek, Nizom bilan ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish, amal qilish muddatini uzaytirish, dublikatini berish tartiblari belgilandi.

Ruxsatnoma 1 yil muddatga beriladi, egasi uni amal qilish muddati tugashidan oldin foydalanishdan voz kechgan taqdirda, toʻlovning qolgan qismi qaytarilmaydi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Avtomashinalarni “tonirovka” qilib beradigan korxona nomi eʼlon qilindi