22:02 / 06.09.2018
4 865

“Oʻzavtosanoat” AJ: “Agar avtomobil uchun sizdan “shapka“ soʻrashsa, kompaniya rasmiy manbasiga murojaat qiling”

«Ўзавтосаноат» АЖ: "Агар автомобиль учун сиздан “шапка“ сўрашса, компания расмий манбасига мурожаат қилинг"
Eng avvalo, “Oʻzavtosanoat” AJ avtomobil sanoatida kompaniya nomi va yangi yoʻnalishini, shuningdek vijdonan faoliyat yuritayotgan fidoiy xodimlarining shaʼniga dogʻ tushirayotgan ayrim xodimlarning noqonuniy harakatlarini qoralaydi. Bu haqda “Oʻzavtosanoat” AJ oʻzining rasmiy saytida xabar bermoqda.

“Ana shunday “uddaburon” kishilarning korrupsiya tizimlarini fosh qilish va tugatishni boshidanoq uddasidan chiqyapmiz, – deyiladi kompaniya sayti tarqatgan maʼlumotda, – Ushbu yoʻnalishda kompaniya Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi bilan hamkorlik qilishini, shuningdek, qonunbuzarlik holatlaridan bizni vaqtida ogoh qiluvchi faol va vijdonli fuqarolarga minnatdorchilik bildiradi”.

Eslatib oʻtamiz, turli vajlar bilan GM avtomobillarini xarid qilish chogʻida qoʻshimcha pul mablagʻlarini talab qilish holatlari yuzaga kelganda, zudlik bilan (+99871) 141-77-77 raqamlari orqali kompaniyaning yangi Call-markaziga murojaat qilishingizni soʻraymiz. Bu bilan siz muammoni bartaraf etish barobarida, uni oʻz foydangizga ham hal qilishingiz mumkin.

Shuningdek, “Oʻzavtosanoat” AJ ijtimoiy tarmoqlar orqali avtomobillarini yetkazish muddati kechikayotgani haqida yolgʻon maʼlumotlarni tarqatayotganlarni ham ogohlantirdi. Yurtdoshlarimizni bu kabi yolgʻon maʼlumotlarga ishonib qolmasdan, kompaniya sayti – Uzavtosanoat.uzʻda kunlik ravishda yangilanayotgan rasmiy roʻyxatga murojaat qilishlari mumkin. Kompaniya tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda paydo boʻlayotgan soxta xabarlar sinchkovlik bilan oʻrganilmoqda. Kompaniya obroʻsiga putur yetkazadigan boʻxton tarqatish bilan shugʻullanadigan internet-foydalanuvchilari toʻgʻrisidagi maʼlumot, tegishli huquq-tartibot organlariga yetkaziladi.

Shuningdek dilerlik markazlarining qonun buzilish holatlarini aniqlagan va uni tekshirilgan faktlar bilan tasdiqlagan fuqarolar kompaniya tomonidan maxsus bonuslar bilan taqdirlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » “Oʻzavtosanoat” AJ: “Agar avtomobil uchun sizdan “shapka“ soʻrashsa, kompaniya rasmiy manbasiga murojaat qiling”