16:10 / 16.09.2018
6 707

Toshkentdagi dilerlik markazlari sunʼiy avtomobillar tanqisligi yuzaga kelishiga yoʻl qoʻygani aniqlandi

Toshkentdagi dilerlik markazlari sunʼiy avtomobillar tanqisligi yuzaga kelishiga yoʻl qoʻygani aniqlandi
Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi dilerlik markazlari tekshirilganida 83 dona Lacetti, Cobalt, Spark va Nexia rusumli avtomobillar savdosi borasida qoʻpol qoidabuzarliklarga yoʻlga qoʻyilganligi aniqlandi. Bu haqda “Oʻzavtosanoat” AJ xabar bermoqda.

Dilerlik markazlari xodimlari mijozlarni avtomobillar mavjudligi haqida oʻz vaqtida ogohlantirmagan va bu bilan sunʼiy avtomobil tanqisligi va navbatlar yuzaga kelishiga yoʻl qoʻygan.

Shuningdek, tekshiruvlar doirasida muddatida sotilishi kerak boʻlgan avtomobillar saqlanayotgan joylar ham aniqlandi. Ushbu dilerlik markazlariga nisbatan tegishli choralar koʻriladi.

Shu kabi qoʻpol qoidabuzarliklarni aniqlash va ularni qonuniy javobgarlikka tortish davom ettiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Toshkentdagi dilerlik markazlari sunʼiy avtomobillar tanqisligi yuzaga kelishiga yoʻl qoʻygani aniqlandi