07:01 / 28.09.2018
6 385

“GM Uzbekistan” sunʼiy navbatni yuzaga keltirgan 10181 ta soxta arizani aniqladi va ularni tizimdan oʻchirdi

“GM Uzbekistan” sunʼiy navbatni yuzaga keltirgan 10181 ta soxta arizani aniqladi va ularni tizimdan oʻchirdi
“GM Uzbekistan” tomonidan avtomobillarni xarid qilish boʻyicha sentyabr oyi uchun berilgan 10181 ta ariza soxtaligi uchun bekor qilindi. Bu haqda “UzAuto” kompaniyasi rasmiy saytida xabar berildi.

Xususan “Captiva” avtomobili uchun - 314 dona, “Cobalt” avtomobili uchun - 765 dona, “Damas” avtomobili uchun - 2514 dona, “Lacetti” avtomobili uchun - 409 dona, “Malibu” avtomobili uchun - 2309 dona hamda “Matiz” avtomobili uchun - 2717 dona berilgan arizalar soxta deb topildi va ular tizimdan oʻchirildi. Ushbu soxta arizalar sunʼiy navbatni yuzaga keltirgan.

Qayd etish lozimki, avgust oyining oxirgi haftasida 6393 ta soxta ariza aniqlangan va bekor qilingan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » “GM Uzbekistan” sunʼiy navbatni yuzaga keltirgan 10181 ta soxta arizani aniqladi va ularni tizimdan oʻchirdi