23:53 / 08.10.2018
8 852

54 yillik “Qoʻngʻiz” mashinasi sotuvga qoʻyildi: narxi 1 mln. dollar (foto)

54 yillik “Qoʻngʻiz” mashinasi sotuvga qoʻyildi: narxi 1 mln. dollar (foto)
Hemmings auksion uyi 1964 yilda ishlab chiqarilgan Volkswagen Beetle – “Qoʻngʻiz” mashinasini sotuvga qoʻydi. Mashina bir million dollarga baholangan. Mashinada bor-yoʻgʻi 35 km yoʻl yurilgan.

Qora rangli “Qoʻngʻiz”ni 54 yil avval AQSHning Portlend shahrida yashovchi avtomexanik Rudi Zvarich 1957 yilgi Volkswagen Beetle uchun ehtiyot qismlar sifatida qoʻllash maqsadida sotib olgan. Biroq bunga hojat boʻlmagan va avtomobil shuncha vaqtdan beri garajda turgan.

Taʼkidlanishicha, mashina aʼlo holatda boʻlib, barcha qismlari, masalan, oyna tozalagichlari, gʻildiraklari qopqoqlari, orqani koʻrish oynalari original boʻlib, oʻralgan holatda saqlanib qolgan.

Maʼlumot uchun, 1938 yildan 2003 yilgacha Volkswagen Beetleʻdan 21,5 mln dona ishlab chiqarilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » 54 yillik “Qoʻngʻiz” mashinasi sotuvga qoʻyildi: narxi 1 mln. dollar (foto)