“Oʻzavtosanoat” AJ dilerlik markazlari tomonidan amalga oshirilayotgan qoidabuzarliklarni aniqlash borasidagi amaliy harakatlarni davom ettirmoqda.
“ToshkentAvtosavdo” MCHJga amalga oshirilgan koʻchma tekshiruv chogʻida tizimli ravishda xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyilganligi aniqlandi va buning natijasida ushbu korxonaga yangi boshqaruv raisi Dilshodbek Bakiyev tayinlandi.
Dilerlik korxonasida mavjud hujjatlar oʻrganilganda, 2018 yilning avgust-sentyabr oylarida sotilgan avtomobillar boʻyicha tuzilgan noqonuniy hujjatlar mavjudligi, sotilgan avtomobillar boʻyicha toʻlov rejasida qoidabuzarliklar, avtomobillarni sotish boʻyicha tizimli ishlar taʼminlanmaganligi, oʻtkazilayotgan aksiyalarning qoidalariga qatʼiy amal qilinmaganlik, mijozlarga avtomobil xarid qilish boʻyicha toʻgʻri maʼlumot taqdim etilmaganlik hamda call-markaz mavjud emasligi kabi holatlar aniqlandi.
Shuningdek shartnomalarni rasmiylashtirishda bir qator qoidabuzarliklar, xususan, avtosalon muhri, mijozlar imzosi, pasport nusxalari hamda toʻlov amalga oshirilganligi haqidagi hujjatlarning yoʻqligi namoyon boʻldi. 37 dona avtomobil yetkazib berish toʻgʻrisidagi shartnoma xaridorlar ishtirokisiz tuzilganligi maʼlum boʻldi. Shuningdek avtomobillarni sotishda ilova qilingan hujjatlarda mijozlarning imzolari soxtalashtirilganligi ehtimoli tekshirilmoqda.
Avvalroq “Soft Locus” XK direktori lavozimida faoliyat yuritgan “ToshkentAvtosavdo”ning yangi rahbari zimmasiga avtosalon ishini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish hamda oldiga qoʻyilgan vazifalarni vijdonan bajarish kabi masʼuliyat yuklandi, deyiladi kompaniya xabarida.
Eslatib oʻtamiz, bundan avval GM Uzbekistanʻning Xorazmdagi filialida qator rahbar xodimlar ishdan olingandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi