07:58 / 17.10.2018
5 109

Oʻzbekistonda bu yil nechta avtomobil ishlab chiqarilganligi maʼlum boʻldi

Oʻzbekistonda bu yil nechta avtomobil ishlab chiqarilganligi maʼlum boʻldi
Oʻzbekistonda 2018 yilning yanvar sentyabr oylarida 127,42 mingta yengil avtomobil ishlab chiqarildi, bu esa 2017 yilning shu davri bilan solishtirilganda 25,7 foizga koʻp degani, deb yozadi UzDaily.

Qayd etilishicha, Oʻzbekistonda yuk avtomobillarini ishlab chqiarish hajmi hisobot davrida 3,4 foizga oshib, 3,02 mingtani tashkil etgan.

Yanvar sentyabr oylarida mamlakatda 351 ta avtobus ishlab chiqardi, bu esa 2017 yilning ushbu davriga nisbatan 48,8 foizga kam degani.

Oʻzbekistonda avtomobil dvigatellari ishlab chiqarish 34,9 foizga oshib, sentyabr yanvar oylarida 96,9 mingta ishlab chiqarilgan.

2018 yilning yanvar sentyabrida traktorlar ishlab chiqarish hajmi 2,62 mingtani tashkil etib, 2017 yilning mos davri bilan solishtirilganda 5 marta koʻproqni tashkil etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Oʻzbekistonda bu yil nechta avtomobil ishlab chiqarilganligi maʼlum boʻldi