21:26 / 03.11.2018
4 595

«O‘zavtosanoat» logotipi uchun e’lon qilingan tanlov natijasiz yakunlandi

«O‘zavtosanoat» logotipi uchun e’lon qilingan tanlov natijasiz yakunlandi
«O‘zavtosanoat» logotipi uchun e’lon qilingan tanlovda ishtirokchilarning 54 ta eng yaxshi ishi saralab olindi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tanlov komissiyasi jo‘natilgan variantlarning barchasini ko‘rib chiqdi. Ulardan 4 tasi hay’at tomonidan finalda ko‘rib chiqish uchun tanlab olindi, biroq ularning hech biri bir ovozdan ma’qullanmadi.

Mazkur finalchilar yaqin kunlarda maxsus sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Eslatib o‘tamiz, «O‘zavtosanoat» AJning eng zo‘r logotipi uchun tanlov o‘tkazish haqidagi Nizomga muvofiq, logotip va slogan jumladan quyidagi talablarga javob berishi shart:

- kompaniya falsafasi, missiyasi, qadriyati va noyobligini aks ettirishi;
- logotip g‘oyasining teranligi va ixchamligi;
- logotip ko‘rinishiga ijodiy yondashilganlik va uning novatorligi (yangi logotip amaldagilariga o‘xshamasligi lozim).

Bundan tashqari, logotiplarning zamonaviyligi, yengilligi va jozibadorligi ma’qullanadi.

Tanlovda barcha xohlovchilar ishtirok etishi mumkin bo‘lganligini ta’kidlab o‘tamiz. Arizalar va tanlov ishlari joriy yilning 15 avgustidan 1 oktyabriga qadar qabul qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » «O‘zavtosanoat» logotipi uchun e’lon qilingan tanlov natijasiz yakunlandi