11:10 / 17.11.2018
11 035

O‘zbekistonda LADA o‘zining barcha modellarini sotuvga qo‘ydi

O‘zbekistonda LADA o‘zining barcha modellarini sotuvga qo‘ydi
Toshkentda LADA kompaniyasi rebreningdan so‘ng yangi avtosalon ochdi, deb xabar qildi ushbu kompaniya matbuot xizmati.

O‘zbekistonda LADA Granta LADA Vesta Cross avtomobillari taqdim etildi. Yangi ochilgan avtosalon mamlakatda 12-avtosalon bo‘ldi.

Mutaxassislar fikriga ko‘ra, O‘zbekiston – kompaniya rivojlanishining eng iqtiqbolli yo‘nalishlardan biri. Shu yil 10 oyida 2,1 ming dona avtomobil sotildi. Eng ko‘p sotilgan mashina - LADA Vesta.

“Shunday qilib, bugun mamlakatda LADAning barcha modellari sotuvga qo‘yildi”, - deyilgan kompaniya saytidagi xabarda.

Noyabr oyi boshida Janubiy Koreyaning Hyundai Motor Company O‘zbekiston bozoriga kirib kelish niyati borligi ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekiston avtomashina bozorida uzoq yillar davomida faqat respublikada ishlab chiqarilgan avtomashinalar xavola etilgandi, biroq 2017 yilda Rossiya “AvtoVAZ”ning sotuvlar o‘sishi buni o‘zgartirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » O‘zbekistonda LADA o‘zining barcha modellarini sotuvga qo‘ydi