Foto: «Daryo»
Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida Hyundai avtomobil zavodiga tamal toshi qo‘yildi. Bu haqda «Daryo» nashri xabar bermoqda.
Dastlab viloyat hokimligida Hyundai avtomobillarini ishlab chiqarish bo‘yicha investitsion shartnoma imzolandi. Marosimda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Kvon Yon U, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining birinchi o‘rinbosari Laziz Qudratov, Hyundai Motor ijrochi vitse-prezidenti Li In Cheol, Posco-Daewoo corporation kompaniyasi vitse-prezidenti Li Sang Xun va Evergreen Motors kompaniyasi prezidenti Kim Chang Keon ishtirok etdi.
Foto: «Daryo»
Kunning ikkinchi yarmida To‘raqo‘rg‘on tumanidagi «Yettikon» mahallasida Hyundai zavodining tamal toshini qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Janubiy Koreya delegatsiyasi bilan birgalikda Malayziya, Indoneziya, Xitoy va Tailand davlatlaridan kelgan ishbilarmon doiralar vakillari ham qatnashdi.
Foto: «Daryo»
Janubiy Koreyaning Hyundai Motor, Evergreen Motors va Posco-Daewoo corporation kompaniyalari hamkorligida qurilishi rejalashtirilgan zavod 2019 yilning sentyabrida ilk mahsulotlarini chiqarishni boshlaydi.
Foto: «Daryo»
Zavodda boshlanishiga yiliga 1000 ta avtomobil ishlab chiqariladi. Uch yil ichida bu ko‘rsatkich 3 barobar ko‘payadi, ya’ni yiliga 1000 ta avtobus va 2000 ta yuk mashinasi ishlab chiqariladi. Mahalliylashtirish dasturi asosida 50 foiz ehtiyot qism shu yerning o‘zida tayyorlanishi ko‘zda tutilgan. 1000 dan ortiq ish o‘rni yaratiladi.
Foto: «Daryo»
Mazkur loyiha doirasida dastlabki bosqichda 100 million dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar kiritiladi. Kelgusida korxonada ishlab chiqarilgan yuk mashinalari va avtobuslar xorijga, jumladan, Markaziy Osiyodagi qo‘shni davlatlarga ham eksport qilinishi ko‘zda tutilgan.
Foto: «Daryo»
Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev shu yil 2—3 may kunlari Namangan viloyatiga tashrifi davomida hududda yirik ishlab chiqarish sanoati yo‘qligi, yaqin kelajakda bu yerda ham avtomobil zavodi qurish loyihasi amalga oshirilishini ta’kidlagandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi