11:30 / 11.12.2018
5 797

Jismoniy shaxslar tomonidan yangi yengil avtomobillar uchun to‘lovlar qanday tartibda amalga oshiriladi?

Jismoniy shaxslar tomonidan yangi yengil avtomobillar uchun to‘lovlar qanday tartibda amalga oshiriladi?
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari portalida Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy bank boshqaruvining “Ayrim turdagi aksizli tovarlarni ishlab chiqarish va sotishning hisobi tizimi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Ayrim turdagi aksizli tovarlarni ishlab chiqarish va sotishning hisobi tizimi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar

IV bo‘lim nomidagi “mamlakatimizda ishlab chiqarilgan” so‘zlar chiqarib tashlanadi.

11 va 12-bandlar quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“11. Jismoniy shaxslar tomonidan mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar uchun to‘lovlarni amalga oshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

banklarning kassalari orqali naqd pulga;
pul mablag‘larini omonat (depozit) hisob raqamlaridan pul mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan;
jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning plastik kartalari vositasida;
jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning ssuda hisob raqamlaridan pul mablag‘larini o‘tkazish, hamda boshqa kredit tashkilotlarning hisoblaridan jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga kredit (ssuda) berish yo‘li bilan;
chakana to‘lov tizimlari va mobil ilovalar orqali.

12. Yuridik shaxslar tomonidan mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar uchun to‘lovlarni amalga oshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

pul mablag‘larini ularning hisob raqamlari orqali o‘tkazish yo‘li bilan (masofaviy bank xizmatlarini ko‘rsatish tizimi orqali to‘lovni amalga oshirishni o‘z ichiga olgan holda);
korporativ bank plastik kartalari vositasida.”.

14-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“14. Ishlab chiqaruvchi korxona bilan dilerlik bitimlari tuzgan rasmiy dilerlar:
o‘z avtosalonlariga hamda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar va ularning ehtiyot qismlarini saqlash uchun zarur omborxonalarga ega bo‘lishlari;
mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillarga sotuvdan oldin va sotuvdan keyin xizmat ko‘rsatish uchun o‘z texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalariga ega bo‘lishlari yoki boshqa texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalari bilan mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillarga sotuvdan oldin xizmat ko‘rsatish shartnomalarini tuzishlari;
zarurat bo‘lganda bank xizmatlarini ko‘rsatish uchun tijorat banklariga xonalar taqdim etishlari;
sotib oluvchi tomonidan ishlab chiqaruvchi korxonaning maxsus depozit hisob raqamiga to‘lov amalga oshirilgandan so‘nggina yengil avtomobillarni chiqarishlari;
mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobil xarid qilinganligi haqida ma’lumotnoma-hisobvaraqni faqatgina:
to‘lovni amalga oshirgan yuridik shaxs nomiga rasmiylashtirishlari, bunda yutuqli o‘yinlar bo‘yicha sovrinlar sifatida, lizing va moliyaviy iste’mol krediti shartnomalari bo‘yicha, shuningdek, keyin tekinga topshirish uchun mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillarni sotish hollari bundan mustasno;
rasmiy diler bilan shartnoma tuzgan jismoniy shaxs nomiga rasmiylashtirishlari;
mijozlar bilan hisob-kitoblar faqatgina tijorat banklari muassasalari, shuningdek, rasmiy dilerlar avtosalonlarida o‘rnatilgan terminal orqali plastik kartalar hisobidan amalga oshirishlari va ishlab chiqaruvchi korxonaning maxsus depozit hisob raqamiga o‘tkazishlari shart.
Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan va import qilingan yangi yengil avtomobillarni sotib olishda yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxs uchun to‘lovni amalga oshirish ta’qiqlanadi (ushbu bandning yettinchi xatboshida ko‘rsatilgan hollar bundan mustasno). Bunday holatda to‘lovni qonunchilikda belgilangan tartibda to‘g‘ri amalga oshirish javobgarligi, to‘lovni amalga oshirgan yuridik shaxs zimmasiga yuklanadi.”.

15-bandning:

birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “talab qilib olingungacha maxsus ikkilamchi depozit hisob raqamlari” so‘zlar “maxsus depozit hisob raqamlari” degan so‘zlar bilan almashtiriladi;

sakkizinchi xatboshisidagi “talab qilib olingungacha maxsus ikkilamchi depozit hisob raqamini” so‘zlar “maxsus depozit hisob raqamini” degan so‘zlar bilan almashtiriladi.

16 banddagi “Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya qilish va boyliklarni tashishga doir yo‘riqnoma”ning 19-ilovasini” so‘zlari “Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yo‘riqnoma”dagi 14a ilovasini” so‘zlariga almashtiriladi.

18-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“18. Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillarga tijorat banklari kassasiga qabul qilingan naqd pul mablag‘lari summalari ishlab chiqaruvchi korxonaning maxsus depozit hisob raqamlarida qayd etiladi.

Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillarni sotadigan rasmiy dilerlar qo‘shimcha tovarlar, ehtiyot qismlarni sotishdan va ko‘rsatilgan boshqa xizmat (avtotexservis, yuvish va boshqalar) uchun olingan savdo tushumini o‘zlarining asosiy depozit hisob raqamlariga o‘tqazish maqsadida tijorat banklarining kassalariga topshiradilar.”.

19-bandning ikkinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi “maxsus ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga” so‘zlar “maxsus depozit hisobvarag‘iga” degan so‘zlar bilan almashtiriladi.

20-bandning:

birinchi xatboshisidagi “maxsus ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlaridan” so‘zlar “maxsus depozit hisobvaraqlaridan” degan so‘zlar bilan almashtiriladi;

to‘rtinchi xatboshisidagi “maxsus ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i” so‘zlar “maxsus depozit hisobvarag‘i” degan so‘zlar bilan almashtiriladi.

21-bandning birinchi xatboshisidagi “maxsus ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘idan” so‘zlar “maxsus depozit hisobvarag‘idan” degan so‘zlar bilan almashtiriladi.

22-banddagi “maxsus ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlarini” so‘zlar “maxsus depozit hisobvaraqlarini” degan so‘zlar bilan almashtiriladi.

23-banddagi “maxsus ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlaridagi” va “maxsus ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlarini” so‘zlar tegishlicha “maxsus depozit hisobvaraqlaridagi” va “maxsus depozit hisobvaraqlarini” degan so‘zlar bilan almashtiriladi.

24-bandning:

birinchi xatboshisidagi “maxsus ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlariga” va “maxsus ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga” so‘zlar tegishlicha “maxsus depozit hisobvaraqlariga” va “maxsus depozit hisobvarag‘iga” degan so‘zlar bilan almashtiriladi;

ikkinchi xatboshisidagi “maxsus ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga” va “maxsus ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘idan” so‘zlar tegishlicha “maxsus depozit hisobvarag‘iga” va “maxsus depozit hisobvarag‘idan” degan so‘zlar bilan almashtiriladi.

25-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “maxsus ikkilamchi depozit hisob raqamlarining” so‘zlar “maxsus depozit hisob raqamlarining” degan so‘zlar bilan almashtiriladi.

27-banddagi va 28-bandning ikkinchi xatboshisidagi “maxsus ikkilamchi depozit hisob raqamlariga” so‘zlar “maxsus depozit hisob raqamlariga” degan so‘zlar bilan almashtiriladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Avto » Jismoniy shaxslar tomonidan yangi yengil avtomobillar uchun to‘lovlar qanday tartibda amalga oshiriladi?