O‘zbekistonda joriy yilning yanvar-noyabr oylarida 174,5 mingta avtomobil ishlab chiqarildi. O‘tgan yilning shu davrida ushbu ko‘rsatkich 123,7 ming dona edi. O‘sish 41,1 foizni tashkil etdi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda avtomobil ishlab chiqarish hajmlari ko‘paymoqda.
O‘z navbatida hisobot davrida yuk mashinalari ishlab chiqarish ham 7,2 foiz(3785 ta) o‘sgan.
Avtobus ishlab chiqarish esa, aksincha, tushishda davom etyapti. O‘tgan 11 oyda 733 dona avtobus yetkazib berilgan bo‘lsa, 2017 yilning shu davrida bu miqdor 915 tani tashkil etgandi.
Traktorlar ishlab chiqarish hajmi ham keskin oshgan — 760 tadan 2976 tagacha. Qariyb 4 barobar. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi