«Xaridorlarning talab va istaklarini inobatga olib, shuningdek «GM Uzbekistan» avtomobillarini «Uzavtosavdo» onlayn tizimi orqali xarid qilishda adolat va shaffoflik yaratish maqsadida avtomobillarni bron qilish va 3 foiz miqdorida majburiy oldindan to‘lovni amalga oshirish shartlari bekor qilinayotganini ma’lum qilamiz» deya xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.
Ta’kidlash joizki, hozirda avtomobillarni yetkazib berish muddatini 45 kungacha qisqartirishga erishildi. Ammo xaridorlarning fikrlari o‘rganilganda avtomobillarni bron qilinishi va 3 foiz miqdorda avans to‘lovi amalga oshirilishi avtomobillarni o‘z vaqtida yetkazib berishga to‘siq bo‘layotganligi aniqlandi.
Endi «GM Uzbekistan» avtomobillarini «Uzavtosavdo» onlayn tizimi orqali xarid qilish avtomobilning 85 foiz yoki 100 foiz miqdoridagi to‘lovni amalga oshirganda, navbat esa to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab shakllanishi belgilandi. Shunday qilib 100 foiz to‘lovni birinchi amalga oshirgan xaridor birinchilardan bo‘lib avtomobilini oladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi