13:57 / 22.12.2018
7 664

O‘zbekistonda yangi avtomobil – Chevrolet Tracker taqdimoti bo‘lib o‘tdi (video)

O‘zbekistonda yangi avtomobil – Chevrolet Tracker taqdimoti bo‘lib o‘tdi (video)
Nurafshon shahrida GM Uzbekistan tomonidan yig‘ilayotgan yangi avtomobil modeli Chevrolet Tracker taqdimoti bo‘lib o‘tdi. «O‘zavtosanoat» boshqaruvi raisi marketing masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Umidjon Salimovga ko‘ra, 2 oy ichida 2 mingdan ortiq Chevrolet Tracker yig‘ilgan.

Video: Youtube
Video: Mover (tas-ix)

10 kun ichida 1000dan ortig‘i allaqachon sotib bo‘lingan. 2019 yilda 10-12 ming dona Tracker yig‘ish rejalashtirilmoqda. Hozirda avtomobilni yirik uzelli yig‘ish amalga oshirilmoqda. U.Salimovga ko‘ra, krossoverni yig‘ishni davom ettirish GM kompaniyasi bilan olib borilayotgan muzokaralar natijasiga bog‘liq.

Chevrolet Tracker texnik ko‘rsatkichlari quyidagicha:

Dvigatel - 1796 sm3 (1.8L)
Kuzov o‘lchami - 4248/1792/1674
Bazasi - 2555

Eng yuqori tezligi soatiga 180 km/soat. 11 soniyada 100 km/soat tezlikka erisha oladi. 100 km masofaga aralash siklda 7,1 l, shaharda 9,3 l, shahar tashqarisida 5,8 l yoqilg‘i sarflaydi. Yoqilg‘i baki 53 litr.

Chevrolet Tracker eksport qilinmaydi, faqat mahalliy bozordagi talab uchun yetkazib beriladi.

Bir muddat avval, O‘zbekiston bozori uchun Chevrolet Tracker narxlari ma’lum qilingan edi. LT M/T to‘plami 184 308 855 so‘m (22172.12 AQSh dollari), Chevrolet Tracker Premier A/T 215 680 575 so‘m (25946.1 AQSh dollari) qiymatida sotilishi bildirildi. J.Koreyada ayni model narxi 17 000, AQShda 19 000 AQSh dollaridan boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » O‘zbekistonda yangi avtomobil – Chevrolet Tracker taqdimoti bo‘lib o‘tdi (video)