09:38 / 03.01.2019
6 960

"Eng xavfli avtomobillar" reytingi e’lon qilindi

"Eng xavfli avtomobillar" reytingi e’lon qilindi
Xavfli avtomobillar bu haydovchilari boshqalardan ko‘proq yo‘l harakati xavfsizligini buzuvchi va odamlar xavfsizligiga jiddiy tahdid soluvchi mashinalardir. GoCompare Car Insurance ekspertlarining navbatdagi tadqiqoti natijalariga ko‘ra, dunyoning eng xavfli mashinalari reytingi ma’lum qilindi.

BMW 4-Series 420d reyting yetakchisi deb topildi - statistikaga ko‘ra, aynan shu avtomobil haydovchilari (17,1 foiz) yo‘llarda eng xavfli harakatlarni amalga oshirishgan. Ulardan qanday himoyalanish mumkin? Shunchaki uzoqroq yuring va aslo poygaga kirishmang - bu bilan nafaqat o‘zingiz, balki yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilariga ham qo‘shimcha xavf tug‘dirasiz.

Eng xavfli avtomobillar reytingining keyingi o‘rinlari quyidagicha: Audi A5 (15,5%), Mercedes-Benz C220 (14,8%), Mercedes-Benz E220 (14,8%), Jaguar XF (14,3%), Mercedes-Benz CLA (14,3%), Mercedes-Benz GLC (14,0%), Audi Q7 (13,8%), Land Rover

Range Rover (13,8%) va Mercedes-Benz CLS (13,5%).

Shu bilan birga, eng mas’uliyatli va namunali avtomobil haydovchilari sifatida Vauxhall Agila (4,1%), Hyundai i10 (4,3%), Nissan Micra (4,4%), KIA Picanto (4,4%), Hyundai Getz (4,5%), Suzuki Alto (4,6%), Ford Ka (4,6%), Skoda Citigo (4,7%), Honda Jazz (4,8%) va Fiat Panda (4,9%) haydovchilari e’tirof etildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » "Eng xavfli avtomobillar" reytingi e’lon qilindi