7 395
Avtotransportdan foydalanishda qarindoshga ishonchnoma berishni bekor qilish uchun 13 ming kishi ovoz berdi
Avtotransport vositasidan foydalanishda yaqin qarindoshlar uchun ishonchnoma olish tizimini bekor qilish haqidagi onlayn-petitsiya 13 mingdan ortiq ovoz to‘pladi. Mazkur petitsiya oktyabrda «Mening fikrim» jamoaviy murojaatlar portaliga joylashtirilgan edi.
Murojaat muallifi Amirbek Kenjayevning qayd etishicha, bunday ishonchnomani notarius orqali rasmiylashtirish ko‘p vaqt va oilaviy oilaviy byudjet puli talab qilinadi. «Begona odamlarga ishonchnoma berishni tushunish mumkindir, lekin ota-ona bolasi, aka-uka, opa-singil bir-biriga ishonchnoma berishi, ochig‘ini aytsak qadriyatlarimizga ham, mentalitetimizga ham to‘g‘ri kelmaydi», — deb yozadi u.
«1990-yillarda mashina o‘g‘irlash bilan bog‘liq voqealar ko‘p edi. Balki o‘sha paytda bu tizim o‘zini oqlagandir. Lekin hozirgiday yurtimiz innovatsion jihatdan rivojlanib borayotgan, „Xavfsiz shahar“ tizimi ishga tushirilgan, yo‘llarimizda videokameralar ishlab turgan paytda bunaqa ishonchnoma berish tartibiga zarurat bormikan?» — deya savol beradi muallif.
Murojaat ayni vaqtda «Ko‘rib chiqish jarayonida» maqomida. Portal qoidalariga ko‘ra, murojaatni O‘zbekiston Oliy Majlisi ko‘rib chiqishi uchun u eng kamida 10 ming ovoz to‘plashi lozim. Petitsiyani ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish muddati — 60 kundan oshmasligi kerak. Mazkur murojaatga ovoz berish muddati esa 12 kundan so‘ng tugaydi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?