18:16 / 15.01.2019
9 449

Yetti o‘rinli katta Cadillac XT6 krossoveri taqdim etiladi (foto)

Yetti o‘rinli katta Cadillac XT6 krossoveri taqdim etiladi (foto)
Yangi krossover — yigirma yil avval Kip Vasenko rahbarligida yaratilgan brendning dizayn uslubidan keskin farq qiladi: unga vertikal faralar o‘rniga gorizontal LED chiroqlar o‘rnatiladi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

Avtomobildagi vertikal optika saqlanib qolgan bo‘lsada, ular tumanga qarshi faralarning navigatsiya chiroqlari o‘rnida joylashgan.

Cadillac XT6 — darhaqiqat yirik avtomobil: bamperdan bamperigacha 5050 millimetrga teng. Ya’ni uzunligi Toyota Highlander’dan taxminan 20 santimetr uzun va taxminan Audi Q7 yoki Volkswagen Teramont bilan bir xil.

Foto: «Motor»
Texnik jihatdan, avtomobilni Cadillac XT5’ning uzaytirilgan talqini sifatida ko‘rish mumkin: XT6 C1XX platformasi asosiga qurilgan, faqat uning g‘ildiragi 2863 millimetrga kattalashtirilgan.

Avtomobil dvigateli ko‘ndalang joylashgan bo‘lib, asosiy konfiguratsiyaning old o‘qiga olib keladi.
Avtomobil dvigateli XT5 bilan bir xil: bu V6 3.6 atmosfera dvigatelli LGX modeli bo‘lib, 314 ot kuchiga ega. Avtomobilning transmissiyasi esa boshqacha: to‘qqizpog‘onali GM Hydramatic «avtomat».

Foto: «Motor»
Sport talqini yangi bamperlarga ega bo‘ladi. Salon ichining suratlariga nazar soladigan bo‘lsak, ichi XT5 modelini takrorlayotganini ko‘rish mumkin. Ammo farq ham mavjud — masalan, boshqaruv multimedia tizimida.
Yukxona hajmi —356 litr, o‘rindiqlarnng uchinchi qatori bukilganda 1220 litrli yukxona uchun joy bo‘ladi.

Cadillac’ning amerikalik dilerlari yangi model uchun buyurtmalarni bahorda olishni boshlaydi. Rossiya bozoriga esa avtomobil 2019 yilning to‘rtinchi choragida kirib keladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Yetti o‘rinli katta Cadillac XT6 krossoveri taqdim etiladi (foto)