Qozog‘iston o‘z avtomobil brendini yaratish yo‘lida dastlabki ishlarni boshlab yubordi, deb xabar qildi Qozog‘iston Avtomobil biznesi assotsiatsiyasi raisi Andrey Lavrentev Kazinform nashriga.
“Bu, O‘zbekistonning Uz-Daewoo yoki Rossiyaning Lada avtomobillari kabi, Qozog‘istonning o‘z avtomobil markasi bo‘ladi. Ushbu yo‘nalishdagi ishlar qachon tugatilishini ayta olmayman, lekin Hukumat aniq maqsadni oldimizga qo‘ydi. Asosiysi – sarmoyadorlar ham ushbu loyihaga qiziqish uyg‘otmoqda. Yaqin kelajakda hamyurtlarimizni yaxshi yangilik bilan xursand qilsak ajab emas”, - dedi Lavrentev matbuot anjumanida.
Lavrentev aytishiga qaragandan, Qozog‘iston milliy avtomobili Xitoyning Jac korporatsiyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarilishi ham mumkin. Kompaniya ushbu loyihani o‘z mablag‘idan moliyalashtirishga ham tayyor.
Qozog‘iston avtomoblining nomi va uning qachon bozorga chiqishi ham hozircha ma’lum emas.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda Qozog‘istonda Lada, Kia, Hyundai, Skoda, Chevrolet va Iveco nomli avtomobillar ishlab chiqarilmoqda, lekin o‘z avtomobil brendi Qozog‘istonda hech qachon bo‘lmagan.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yil Qozog‘istonda 60 ming dona yangi avtomobil sotilgan. Ulardan yarmi – Respublika ichida ishlab chiqarilgan avtomobillar. 2017 yilga nisbatan avtomobil savdosi hajmi 24 foizga o‘sgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi