23:47 / 17.02.2019
7 418

Haydovchilik guvohnomasini olish uchun arizani onlayn shaklda topshirish yo‘lga qo‘yiladi

Haydovchilik guvohnomasini olish uchun arizani onlayn shaklda topshirish yo‘lga qo‘yiladi
2019 yil 1 apreldan boshlab haydovchilik guvohnomalarini almashtirish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn tartibda murojaat etish mumkin.

1 apreldan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali haydovchilik guvohnomasini almashtirish uchun ariza topshirish mumkin bo‘ladi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov va Adliya vaziri Ruslanbek Davletovning 2019 yil 13 fevralda imzolagan «Davlat xizmatlari markazlari orqali tajriba tariqasida ko‘rsatilayotgan yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi ayrim xizmatlarni takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarorda ko‘zda tutilgan.

Qo‘shma qarorga asosan, endilikda fuqarolar joriy yilning 1 aprelidan boshlab Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn tartibda haydovchilik guvohnomalarini almashtirish uchun murojaat etishlari mumkinligi, bunda ularning fotosuratlari Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlar bazasidan avtomatlashtirilgan tizim orqali olinishi (mazkur fotosurat murojaatchini qoniqtirmagan taqdirda, o‘zi kelgan holda fotosuratga tushishi mumkin) ko‘rsatilgan.

Yangilik butun respublika bo‘yicha joriy etiladi. Xizmatdan foydalanish uchun davlat xizmatlari markazi orqali taqdim etiladigan elektron raqamli imzo talab qilinadi.

Kiritilgan ma’lumotlar tekshirilganidan so‘ng davlat bojini to‘lash uchun kvitansiya tayyorlanadi. Tayyor hujjatni davlat xizmatlari markazidan olish mumkin.

Shuningdek, Davlat xizmatlari agentligi va Ichki ishlar vazirligi Yul harakati xavfsizligi bosh boshqarmasiga xorijiy tajribani chuqur o‘rgangan holda avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish davlat xizmatini ko‘rsatishning soddalashtirilgan hamda avtomatlashtirilgan tizimini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish vazifasi yuklatilgan.

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 2 martdagi 116-son qaroriga muvofiq, amaldagi milliy haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtirish 2019 yil 1 yanvar — 2020 yil 31 dekabr davrida — eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari uchun, ularning berilgan sanasidan qat’i nazar — majburiy tartibda amalga oshirilishi hamda 2021 yil 1 yanvardan eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari haqiqiy emasligi belgilangan.

Davlat xizmatlari markazlari orqali milliy haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasiga almashtirish davlat xizmati 2021 yilning 1 yanvariga qadar soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi. Mazkur davlat xizmatidan foydalanish uchun fuqarolarimiz pasport va eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi hamda uning taloni, shuningdek EKOIHning 70 foizi miqdorida to‘lov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishlari talab etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Haydovchilik guvohnomasini olish uchun arizani onlayn shaklda topshirish yo‘lga qo‘yiladi