14 fevral kuni GM Uzbekistan AJ «O‘zagrosug‘urta» bilan hamkorlikda Malibu va Tracker avtomobillarini xarid qilish istagida bo‘lgan mijozlarga ushbu avtomobillarni muddatli to‘lov orqali sotib olish bo‘yicha yangi xizmatni taklif qilgandi.
Aksiyaning ilk haftasida 400 dan ortiq Malibu (172) va Tracker (287) avtomobillari sotildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi xizmat shartlariga ko‘ra, xaridor Lacetti avtomobilining puliga (128 mln so‘m) Chevrolet Tracker, Tracker avtomobili puliga esa (215 mln so‘m) Malibu avtomobilini xarid qilishi mumkin. Avtomobilning qolgan summasi esa 12 oy davomida foizsiz bo‘lib to‘lanadi.
Shartnoma tuzilgan vaqtda «O‘zagrosug‘urta» mutaxassislari o‘sha joyning o‘zida muddatli to‘lovga berilayotgan summaning 3% miqdorida moliyaviy xatardan, shuningdek muddatli to‘lov summasining garov qiymatidan 1% miqdorda sug‘urta polisini rasmiylashtiradi hamda avtomobil uchun to‘liq to‘lov amalga oshirilmaguniga qadar dilerda garovda bo‘ladi. Oylik to‘lovlar shartnoma tuzilgan sanadan keyingi oyning har 15 sanasigacha amalga oshirilishi lozim. Aksiya 1 martga qadar amal qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»