Avtomobillarga qiziquvchi BAAlik shayx Xamad bin Xamdan al Naxayyan koʻpchillikka yaxshi tanish. Uning garajida 100 ga yaqin gʻayrioddiy avtomobillar toʻplangan.
Bu safar shayx uzunligi 11 metrli usti ochiq yoʻltanlamas avtomobil sohi boʻldi. Avtomobil amerika harbiy yuk avtomobili Oshkosh M1075 asosida yasalgan boʻlib, uning 5 ta oʻqi va 10 ta gʻildiragi bor. Avtomobil ogʻirligi 24 tonna. U hajmi 15 litr, quvvati 600 ot kuchiga ega boʻlgan dizel dvigateli yordamida harakatlanadi.
BAA dizaynerlari tomonidan yasalgan avtomobil tashqi koʻrinishi 40 yillar avtomоbillarini eslatadi. Old va orqa faralari esa amerika avtomobillaridan olingan.
Avtomobil shayxga necha pulga tushganini tasavvur qilish ham qiyin. Ehtimol ushbu pulga butun boshli avtopark sotib olsa boʻlar, lekin kolleksioner uchun aynan hech kimda yoʻq noodatiy avtomobil qadrlidir.
Ha aytmoqchi, shayx bin Xamdan al Naxayyan garajida undan tashqari yana bir necha gʻalati avtomobillar bor: big fut gʻildirakli Mercedes W123, ulukan Willys, kengligi 3 ta avtomobilga teng Jeep, 8 balonli Nissan Patrol, Eshiksiz Rolls Roys, yoʻltanlamas Ford Mustang va boshqalar bor. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi