20:00 / 18.03.2019
6 318

GM Uzbekistan Qozogʻistonga Nexia R3 komplektlarini muntazam yetkazib beradi

GM Uzbekistan Qozogʻistonga Nexia R3 komplektlarini muntazam yetkazib beradi
“16 mart kuni GM Uzbekistan Qozogʻistonga avtomobillarning birinchi partiyasini eksport qildi. Kompaniya Kostanay(Qozogʻiston) shahridagi “SariarkaAvtoProm” zavodida yirik uzatmali yigʻish uchun Nexia R3, shuningdek, “Ravon Motors Kazaxstan” dileriga tayyor R4 modeli eksportini amalga oshiradi”, - deya maʼlum qildi GM Uzbekistan.

Bundan tashqari, kompaniya yil boshidan buyon Afgʻoniston va Tojikistonga avtomobillar eksport qilishni boshladi.

Eslatib oʻtamiz, “SariarkaAvtoProm” korxonasida 2017 yildan Ravon Nexia R3 sedanini yigʻish yoʻlga qoʻyilgan edi. Uning quvvatiga yiliga 3 mingga yaqin avtomobilga teng. Istiqbolda ushbu koʻrsatkichni oshirish imkoniyati ham nazarda tutilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » GM Uzbekistan Qozogʻistonga Nexia R3 komplektlarini muntazam yetkazib beradi