«GM Uzbekistan» «O‘zagrosug‘urta» AJ bilan birgalikda «Chevrolet Malibu» va «Tracker» avtomobillarini 2 yil muddatli to‘lovga sotib olishni taklif qildi.
Kompaniya matbuot xizmatiga ko‘ra, xaridorlar 215 mln so‘m boshlang‘ich to‘lov evaziga «Malibu Turbo», 190 mln so‘m boshlang‘ich to‘lov evaziga «Malibu», hamda 128 mln so‘m boshlang‘ich to‘lov evaziga «Chevrolet Tracker» xarid qilib, avtomobilning qolgan summasini ikki yil davomida foizsiz bo‘lib to‘lashlari mumkin.
Buning uchun esa muddatli to‘lovga berilayotgan summaning 4,5% miqdorida moliyaviy xatardan hamda muddatli to‘lov summasining garov qiymatidan 2% miqdorda sug‘urta polisi to‘lovini amalga oshirish kifoya.
Avtomobillar uchun sug‘urta to‘lov summasi quyidagicha:
Tracker A/T — 1 753 611 (2%) va 3 945 625 (4,5%)
Tracker M/T —1 126 177 (2%) va 2 533 898,48 (4,5%)
Malibu — 1 715 635 (2%) va 3 860 178 (4,5%)
Malibu Turbo— 1 741 244 (2%) va 3 917 799 (4,5%)
Avtomobil uchun to‘liq to‘lov amalga oshirilmaguniga qadar dilerda garovda bo‘ladi. Oylik to‘lovlar shartnoma tuzilgan sanadan keyingi oyning har 15 sanasigacha amalga oshirilishi lozim.
Qayd etish joizki, shartnoma muddati va to‘lov shartlari buzilishga yo‘l qo‘yilgan taqdirda kelishuv bekor qilinadi.
Muddatli to‘lovga faqat dilerlarda mavjud avtomobillar qo‘yilgan bo‘lib, ularning soni chegaralangan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH elchisi: “Rossiya Ukraina poytaxtiga gipertovushli raketalar bilan zarba berdi”
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
Netanyahu Isroil delegatsiyasining AQSHga safarini bekor qildi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi