17 aprelda Nyu-Yorkdagi avtosalonda “Jahonning yil avtomobili” tanlovi g‘olibi e’lon qilindi. Bu yuksak unvonga Jaguar britan markasining to‘liq elektr kuch qurilmali ilk avtomobili I-Pace loyiq deb topildi. Jaguar Land Rover guruhi uchun bu unvon tarixdagi ikkinchisi bo‘ldi: 2 yil avval Jaguar F-Pace modeli dunyoning eng yaxshi avtomobili deb topilgandi.
Umuman olganda I-Pace 3 ta yo‘nalish bo‘yicha eng yaxshi deb topilgan.
Dastlab g‘oliblikka da’vogarlar ro‘yxatida 40 ta model bo‘lgan. Uchta finalchidan iborat qisqa ro‘yxat Jenevadagi avtosalonda e’lon qilingandi. Bu ro‘yxatga Audi e-tron, Jaguar I-Pace va Volvo S60/V60 kiritilgandi. G‘olibni tarkibiga 24 ta davlatdan avtomobil sohasini yorituvchi 86 jurnalist kirgan hakamlar hay’ati tanlagan.
Nyu-York avtosalonida yana 5 ta yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblar e’lon qilingan. “Eng yaxshi nufuzli avtomobil” yo‘nalishida Audi A7, “Eng yaxshi sportkar” yo‘nalishida McLaren 720S, “Eng yaxshi shahar avtomobili” yo‘nalishida Suzuki Jimny, “Eng yaxshi ekologik avtomobil” va “Eng yaxshi dizayn” yo‘nalishlarida I-Pace g‘olib deb topilgan.
Foto: Audi A7
Foto: McLaren 720S
Foto: Suzuki Jimny
2018 yilda “Jahonning yil avtomobili” nomiga Volvo XC60 modeli, 2017 yilda esa Jaguar F-Pace sazovor bo‘lgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!