9 082
«GM Uzbekistan» Lacetti, Tracker hamda Malibuga foizsiz muddatli to‘lov vaqtini uzaytirdi
«GM Uzbekistan» AJ «O‘zagrosug‘urta» AJ bilan birgalikda «Chevrolet Lacetti», «Chevrolet Tracker» hamda «Chevrolet Malibu» avtomobilini foizsiz muddatli to‘lovga sotish muddatlarini uzaytiradi. Bu haqda kompaniya xabarida ma’lum qilingan.
Unga ko‘ra, xaridor quyidagi boshlang‘ich va sug‘urta to‘lovlarni amalga oshirishi lozim:
«Lacetti» M/T — 80 mln so‘m;
«Lacetti» GBU (gazbalon uskunali) — 85 mln so‘m;
«Malibu Turbo» — 215 mln so‘m;
«Malibu» — 190 mln so‘m;
«Tracker» — 128 mln so‘m.
Avtomobillarning qolgan summasi foizsiz quyidagi muddatda to‘lanadi:
- «Lacetti» avtomobillari uchun —1 yil,
- «Malibu» va Tracker» uchun — 2 yil.
Xaridor shartnoma tuzayotgan vaqtda «O‘zagrosug‘urta» mutaxassislari Lacetti avtomobillari uchun o‘sha joyning o‘zida muddatli to‘lovga berilayotgan summaning 3% miqdorida moliyaviy xatardan hamda muddatli to‘lov summasining garov qiymatidan 1% miqdorda sug‘urta polisini rasmiylashtiradi. Shuningdek Malibu Turbo, Malibu va Tracker uchun muddatli to‘lovga berilayotgan summaning 4,5% miqdorida moliyaviy xatardan hamda muddatli to‘lov summasining garov qiymatidan 2% miqdorda sug‘urta polisi to‘lovini amalga oshiriladi.
Avtomobil to‘liq to‘lov amalga oshirilmagunga qadar dilerda garovda bo‘ladi. Shartnoma shartlariga ko‘ra, oylik to‘lovlar shartnoma tuzilgan sanadan keyingi oyning har 15 sanasigacha amalga oshirilishi lozim. Shartnoma muddati va to‘lov shartlari buzilishga yo‘l qo‘yilgan taqdirda kelishuv bekor qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»